07:29 / 11.03.2023
325

Yangi Toshkent shaharchasi yangi ma’muriy va iqtisodiy markaz bo‘ladi

Yangi Toshkent shaharchasi yangi ma’muriy va iqtisodiy markaz bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 10 mart kuni qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab Yangi Toshkent shaharchasi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Taqdimotda prezidentga shu haqida axborot berildi.

Unga ko‘ra, birinchi bosqichda 6 ming gektarda bunyodkorlik qilish rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqib, istiqbolli qurilish hududlari, yangi shahar bilan poytaxtni birlashtiruvchi asosiy yo‘llar sxemalari ishlab chiqilgan.

Shaharcha yangi ma’muriy va iqtisodiy markaz bo‘ladi. Poytaxtning sharqiy qismida, Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlari hududida barpo etiladi. 800 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘ladi.

U yerda vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash tashkilotlari, teatr, kutubxona, mehmonxonalar, turar joy binolari, bog‘lar o‘rin oladi. Xususan, yashil hududlar 363 gektarni tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat