Yangi Toshkent «15 daqiqalik shahar» tamoyili asosida qurilmoqda

1 daqiqa o'qish113
Yangi Toshkent «15 daqiqalik shahar» tamoyili asosida qurilmoqda

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov Yangi Toshkentning shaharsozlik strategiyasini taqdim etdi.

Uning ma’lum qilishicha, loyiha zamonaviy «15 daqiqalik shahar» konsepsiyasi asosida amalga oshirilmoqda.

Mazkur yondashuvga ko‘ra, aholi uchun zarur bo‘lgan asosiy ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish obyektlari yashash joyidan qisqa masofada joylashtiriladi.

Rejaga muvofiq, fuqarolar maktablar, bog‘chalar, tibbiyot muassasalari hamda boshqa muhim infratuzilma obyektlariga 15 daqiqa ichida yetib borishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, parklar, sun’iy ko‘llar, kanallar va dam olish maskanlariga ham 15–20 daqiqa ichida piyoda borish imkoniyati yaratiladi.

Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri transport yuklamasini kamaytirish va aholi uchun qulay shahar muhitini shakllantirishdan iborat.

Ekologik yo‘nalish doirasida sun’iy suv havzalari va sohilbo‘yi yashil hududlar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Yangi Toshkentda barcha zarur xizmatlar mavjud bo‘lgan mustaqil turar joy massivlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?