14:50 / 12.03.2023
193

O‘zbekiston bo‘ylab avto-moto sayohat ekspeditsiya tashkil etiladi

O‘zbekiston bo‘ylab avto-moto sayohat ekspeditsiya tashkil etiladi

O‘zbekiston bo‘ylab 2023 yil davomida avto-moto sayohat ekspeditsiya tashkil etiladi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Madaniyat va turizm vazirligi, avto-moto turizm assotsiatsiyasi hamda Dunyo bo‘ylab telekanali bilan hamkorlikda mamlakatning jozibador turizm salohiyatini, hududlarning tarixi, madaniyati, urf-odati va qadriyatlarini keng targ‘ib etish maqsadida 2023 yil davomida O‘zbekistonning barcha mo‘jizakor turistik maskanlari bo‘ylab avto-moto sayohat ekspeditsiya chellenji bo‘lib o‘tadi.

Chellenj doirasida 21 mart — Navro‘z umumxalq bayrami munosabat bilan 19—21 mart kunlari Jizzax viloyatining Zomin, Forish, Arnasoy tumanlarining bo‘ylab sayohat ekspeditsiyasi tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, bundan asosiy maqsad — yurtdoshlar orasida jamoaviy va mustaqil ravishda sayohatga chiqishni targ‘ib qilish, turizm madaniyatini shakllantirish, ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirish.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat