09:33 / 14.03.2023
231

Shavkat Mirziyoyev "Termiz" poligonida taktik o‘quv-mashg‘ulotlarni kuzatdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev "Termiz" poligonida taktik o‘quv-mashg‘ulotlarni kuzatdi (foto)

O‘zbekiston prezidenti va Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining dagi vzvodlaridan biriga tashrif buyurdi.

Bu yerda prezident chegarani qo‘riqlashda qo‘llanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi “Termiz” dala o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining batalion taktik o‘quvini kuzatdi.

Oliy Bosh Qo‘mondonga namoyish etilgan o‘quv-mashg‘ulotlar jahonda kuzatilayotgan harbiy harakatlar xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘tkazildi.

Xususan, prezidentga 20 dan ortiq o‘quv joylaridagi jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari, dala sharoitida mobil texnik-ta’mirlash zavodining imkoniyatlari, qo‘mondonlik boshqaruv punkti faoliyati namoyish etildi, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, MO‘zbekiston Qurolli kuchlarida so‘nggi yillarda qo‘shin turlarining qo‘llanilish taktikasi va strategiyasi takomillashtirildi. Xususan, bo‘linmalar hamkorligini tashkil etish, jangovar harakatlar va operatsiyalarni uchuvchisiz uchish apparatlari, aviatsiya va artilleriya imkoniyatlaridan foydalangan holda olib borishning zamonaviy tajribasi amaliyotga joriy etildi, - deyiladi xabarda.

“Termiz” dala poligoni - O‘zbekiston hududidagi eng zamonaviy poligonlardan biri bo‘lib, bu yerda Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibining dala sharoitida jangovar bilim, ko‘nikma va ruhiy tayyorgarligini oshirish, taktik o‘quvlarni o‘tkazish hamda harbiy san’at sohasida izlanishlar olib borishuchun barcha sharoitlar yaratilgan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat