“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ foydasiga 592,2 mln. so‘mlik qarzdorlik to‘liq undirildi
Qo‘qon tumanlararo iqtisodiy sudining 28.12.2022 yil kungi qarzdor “Farg‘ona suv ta’minoti” MCHJdan undiruvchi “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ foydasiga 592.207.024 so‘m undirish haqidagi ijro hujjatiga asosan, byuro tomonidan qarzdorga huquq va majburiyatlari tushuntirilgan holda ixtiyoriy muddat berilgan belgilangan.
Lekin, qarzdor sud qarorini ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rmagach, byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyatdan undiruvchi “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ foydasiga 09.03.2023 yil kuni 592.207.024 so‘m qarzni to‘liq undirilishi ta’minlanib, ijro hujjati amalda tamomlandi.
Byuroda ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)