22:30 / 15.03.2023
146

Jizzaxda MIB xodimlari ehtiyojmand fuqarolar foydasiga 92,2 mlrd. so‘m mablag‘larni yo‘naltirdi

Jizzaxda MIB xodimlari ehtiyojmand fuqarolar foydasiga 92,2 mlrd. so‘m mablag‘larni yo‘naltirdi

Joriy yilning 15 mart kuni Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasida, ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar ishtirokida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etish sohasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Byuroning Jizzax viloyat boshqarmaisi tomonidan o‘tgan 2 oyida jami 94.243 ta ijro hujjatlari yuzasidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilgan bo‘lib, ular bo‘yicha ijroga qaratilgan majburiy mulkiy undiruvlarning umumiy summasi 1 trln. 562 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020 yilgi PF-6118-sonli Farmoniga asosan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab quvvatlash uchun 2020-2023 yillarda 92 mlrd. 218 mln. so‘m mablag‘lar undirilib, undirilgan mablag‘larning 50 foizi, ya’ni 46 mlrd. 100 mln. so‘mi mahsus hisob raqamlarga yo‘naltirildi.

Asosiy e’tibor fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini ko‘zlab chiqarilgan majburiy undiruv bilan bog‘liq qarorlar ijrosini ta’minlashga qaratib kelinmoqda.

Xususan, o‘tgan davrda fuqarolar foydasiga 7 mlrd. va tadbirkorlar foydasiga 69 mlrd. so‘m qarzdorliklar amalda undirilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, uy-joyi yoki boshqa ko‘chmas mulki buzilgan fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari foydasiga mahalliy davlat hokimlik organlaridan 244 mln. so‘m kompensatsiya pullari undirib berilishi ta’minlangan.

Nomulkiy tusdagi fuqaroni uyga kiritish va uydan chiqarish haqidagi 150 ta, bola olib berish yoki u bilan ko‘rishtirish haqidagi 133 ta ijro hujjatlari ijrosi ta’minlanib, jami 371 nafar fuqarolarning huquqlari tiklandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat