Byuroning Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tuman bo‘limi tomonidan aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlarini ijrosini ta’minlash va tomonlar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazib, oilalarni tiklash bo‘yicha ham muyyan natijalarga erishilmoqda.
Jumladan joriy yilning o‘tgan davrida davomida shu turdagi ijro ishlarining jami tamomlangan va tugatilganlar soni 59 ta bo‘lib, Qonunning tegishli moddasi bilan tamomlangan ijro xujjatlar soni 42 tani tashkil etadi.
Ya’ni joriy yilning o‘tgan davri mobaynida birgina Yuqorchirchiq tumanida bevosita Byuro xodimlari ko‘magida 42 ta oilani tiklanishiga erishilgan.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudining 05.08.2022 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.Gaipovdan, undiruvchi B.Gaipova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 2022 yil 10 avgust kuni kelib tushgan bo‘lib shu kunning o‘zida ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, tomonlar o‘zaro kelishuv asosida oilani tiklashga qaror qilishgan.
Natijada,mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddasiga asosan tamomlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)