![Asakaning «karatechi» hokimi jinoiy javobgarlikka tortildi](https://xabar.uz/static/crop/1/5/920__95_1572897053.jpg)
Andijon viloyati, Asaka tumani sobiq hokimi Mansur Alixonovga nisbatan ozodlikdan cheklash jazosi qo‘llanildi. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasiga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Qayd etiishicha, Mansur Alixonovga nisbatan jinoyat kodeksining beshta moddasi bo‘yicha Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, sud tomonidan unga ozodlikdan cheklash jazosi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 27 sentyabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishdan keyin faoliyatida yo‘l qo‘ygan jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun Mansur Alixonov tuman hokimi lavozimidan ozod etilgandi.
Shuningdek, Asaka hokimining fuqaroni mensimasdan gaplashgani videosi ham tarqalgandi.
Mansur Alixonov 2020 yilning sentyabr oyida Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovga qadar Jalaquduq tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. U jang mahoratini ko‘rsatgani bilan ham ijtimoiy tarmoqlarda tanilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar