![Afzal Ermatovning hibsga olinishi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi](https://xabar.uz/static/crop/4/2/920__95_4214717027.jpg)
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Afzal Ermatov hibsga olingani haqida xabar berilgandi.
Agentlik rahbariga nisbatan ayblov e’don qilinib, yanvar oyidan buyon (salkam uch oy) ishga chiqmayotgan bo‘lsada, bu haqda biror bir rasmiy xabar berilmagan edi.
OAVda ma’lumotlar tarqalgach, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holatga munosabat bildirdi.
«Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, agentlik boshlig‘i A.Ermatovga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ayb e’lon qilinib, hibsga olingan.
Hozirda uning xatti-harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda», deyiladi rasmiy munosabatda.
E’tiborlisi, agentlik rasmiy veb-saytidagi rahbariyat ro‘yxatida u hamon boshliq sifatida turibdi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/60/720__sNl9cAu6l9JWhxOWog95cZm-V5OZ70AD.jpg)
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar