
Majburiy ijro byurosining Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvidagi FIB Rishton tumanlararo sudining 18.02.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor D.I.dan undiruvchi “Asaka bank” Farg‘ona filiali foydasiga 955.290.000 so‘m kredit qarzini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha undiruv garovga qo‘yilgan Lacetti rusumli avtotransport vositasiga qaratilgan.
Qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, qarzdor sud qarori ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rmaganligi sababli, byuro tomonidan majburiy ijro harakatlari o‘tkazilib, 25.03.2023 yil kuni garov mulki bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinasi xatlandi va byuroning jarima maydoniga olib kirildi.
Hozirda mazkur xatlangan mulkni auksion savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Majburiy IjroFarg‘ona ShaharLacetti AvtomobilKredit QarziIjro HujjatiAuksion Savdo O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar