13:10 / 28.03.2023
235

Qarz to‘lanmasa, Nexia 3 sotiladi

Qarz to‘lanmasa, Nexia 3 sotiladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 06.09.2022 yildagi qaroriga asosan fuqaro T.Gulmatovdan undiruvchi «Kapitalbank» ATB foydasiga jami 64.6 mln. so‘m undirish belgilangan.
Mazkur undiruv qarori Majburiy ijro byurosi Zafarobod tuman bo‘limi ish yurituviga 16.02.2023 yil kuni kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Ijro xarakatlari davomida qarzdor T.Gulmatov mavjud qarzdorlikni ixtiyoriy muddatda to‘lamaganligi sababli, unga tegishli bo‘lgan Nexia 3 rusumli mashinasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
 
Hozirda mazkur avtomashinani baxolash va sotish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat