date

Inson boshini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi ilk operasiya Germaniyada bo‘lib o‘tadi

Inson boshini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi ilk operasiya Germaniyada bo‘lib o‘tadi

Taniqli italiyalik neyroxirurg Serjio Kanavero rossiyalik Valeriy Spiridonovning boshini ko‘chirib o‘tkazish operasiyasini Germaniyada o‘tkazishi haqida ma’lum qildi, deyiladi "Kun" nashrida.

Daily Star nashri xabariga ko‘ra, Kanavero Fransiya va Buyuk Britaniyada ham bu operasiya uchun etarli sharoitlar va tibbiy texnologiyalar mavjudligini, lekin u Germaniyaga murojaat qilganini bildirgan.

U hozircha Germaniyadagi aynan qaysi shifoxonada operasiyani o‘tkazish masalasini hal qilmagan.

2015 yil fevral oyida italiyalik neyroxirurg inson boshini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha ilk operasiyani 2017 yilda amalga oshirishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. Bel mushaklari atrofiyasidan aziyat chekuvchi Spiridonov shifokor bilan Skype orqali muloqotda bo‘lgan. Ushbu kasallik bilan og‘rigan bolalarning 50 foizi 1 yoshdan oshmasligi aytiladi, biroq Spiridonov 31 ga kirgan va oliy ma’lumot olishi ham mumkin.

Valeriy Spiridonov o‘z boshini donor tanaga ko‘chirib o‘tkazishga rozi bo‘lgan. U operasiya uchun maxsus jamg‘arma ochgan bo‘lib, shu yo‘l bilan amaliyot uchun mablag‘ yig‘ilmoqda.

Operasiya 36 soat davom etishi kutilmoqda.

Amaliyotda 42 nafar jarroh ishtirok etishi lozim bo‘ladi. Ular boshni ko‘chirish davomida kun bo‘yi, bir-birini almashtirgan holda ishlaydi. Tibbiyot xodimlarga to‘lanadigan haq 5 million evroga etishi mumkin.

Kanavero bilan birga operasiyani xitoylik jarroh Ren Syaopin olib boradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Inson boshini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi ilk operasiya Germaniyada bo‘lib o‘tadi