Buxoroda bola boshini beton teshigiga tiqib, chiqara olmay qoldi (video)

Buxoro shahrida bola ehtiyotsizlik oqibatida boshini beton konstruksiyadagi teshikka tiqib qo‘yib, uni mustaqil ravishda chiqara olmay qolgan.
Hodisa 3 avgust kuni shahardagi turar joy massivlaridan birida sodir bo‘lgan. Vaziyatdan xabar topilgach, voqea joyiga Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari yetib kelgan.
Mutaxassislar maxsus asbob-uskunalar yordamida beton konstruksiyasini ehtiyotkorlik bilan bo‘shatib, bolaning boshini teshikdan chiqarib olishgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakati tufayli bola xavfsiz tarzda qutqarib qolingan.






























Izohlar 0
…