18:18 / 03.04.2023
245

O‘zbekistonda yana bir dori vositasidan foydalanish taqiqlandi

O‘zbekistonda yana bir dori vositasidan foydalanish taqiqlandi
Foto: Uzpharmcontrol / Telegram
«Tutukon Neo» preparati kerakli talablarni buzgan holda ishlab chiqarilgani aniqlangan. Mazkur dori vositasi buyraklar yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi.
 
«Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasi «Tutukon Neo ichish uchun eritma 250 ml» dori preparatidan ogoh bo‘lishga chaqirdi.
 
Ispaniyadagi Dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligi (AEMPS) qaroriga binoan, Ispaniyaning Labaratorio Miquel Y Garriga Inc, S.L. korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Tutukon Neo ichish uchun eritma 250 ml» (flakonlarda) dori preparati «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» talablari buzilgan holda ishlab chiqarilgani aniqlangan.
 
Shunga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi «Tutukon Neo» dori vositasining O‘zbekiston hududiga kirib kelgan quyidagi: R-049, R-050, R-051, R-078, R-080, R-222, R-236, R-081, R-124, R-204, R-205, R-206, R-218, R-219, R-220, R-221, R-223, R-224, R-225 seriyalari farmatsevtika bozoridan muomaladan qaytarib olinayotganini ma’lum qildi.
 
Mazkur dori vositasi buyraklar yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat