
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi qishloqlarning biriga bo‘ri kelib qolgani haqida xabar tarqaldi. Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, «To‘qmor» MFY da yashovchi fuqaro N.O.ning hovlisiga yovvoyi hayvon kirib qolganligi to‘g‘risidagi murojaat kelib tushgan.
Shundan so‘ng, Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda Ko‘kdala tuman IIB xodimlari fuqaroning hovlisiga kirib qolgan hayvon bo‘ri ekanligini aniqlashdi.

Shahrisabz shahrida joylashgan «Zootsirk» xususiy korxonasiga xabar berilgan. Mutaxassis tomonidan bo‘rining holati o‘rganilib, uning xulosasi bilan tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar