190
Sirdaryo va Jizzaxda «kambag‘allikni tugatish»ga mas’ul ikki mansabdor jinoyat ustida ushlandi
![Sirdaryo va Jizzaxda «kambag‘allikni tugatish»ga mas’ul ikki mansabdor jinoyat ustida ushlandi](/uploads/posts/2023-04/920__95_4100797997.jpg)
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarmalarining ikki nafar mansabdori qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan vazirlikning Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlari bosh boshqarmalari mansabdor shaxslari o‘z vakolatlaridan foydalangan holda pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, prezident farmoniga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan quyidagi respublika davlat boshqaruvi organlarining tashkiliy bo‘ysunuvi o‘zgaragandi. Xususan, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o‘tkazilgandi. Ushbu vazirlikka sobiq SSV vaziri Behzod Musayev rahbarlik qilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar