14:39 / 10.04.2023
195

Termizda voyaga yetmagan shaxs sevgan qizini boshqa bilan yurganini ko‘rib, yigitning burnini sindirdi

Termizda voyaga yetmagan shaxs sevgan qizini boshqa bilan yurganini ko‘rib, yigitning burnini sindirdi
Surxondaryo viloyati prokuraturasi Termiz shahrida bir nafar bola kaltaklangani bilan bog‘liq tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berdi.
 
Aniqlanishicha, 6 aprel kuni soat 16:30 larda Termiz shahri “Alpomish” mahallasida joylashgan motamsaro ona haykali yonida voyaga yetmagan X.E. yaxshi ko‘rgan qizini voyaga yetmagan M.J. bilan birga yurganini ko‘rib qolib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan M.J.ni urib tan jarohati yetkazgan.
 
Respublika Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxondaryo viloyat filialining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, M.J.ning burun devorlarini ikki tomonlama sinishi kabi tan jarohati olgan.
 
Holat yuzasidan 10 aprel kuni Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
Jinoyat ishining tergovi Termiz shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat