![Voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda gumonlanuvchi shaxs yerto‘ladan topildi](/uploads/posts/2023-04/920__95_1099762468.jpg)
Namangan viloyati IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan Sherzod Umarov (zo‘ravonlikda ayblanmoqda) joriy yilning 12 aprel kuni Namangan shahri «O‘zbekiston» ko‘chasida joylashgan yashash xonadonining yerto‘lasidan topilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan qamog‘ga olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi xonadonlarning birida IIB xodimlarining qidiruvdagi shaxsning uyiga borgani va xonadon egalarining qarshiligi aks etgan videolavha tarqalgandi.
IIV bergan ma’lumotga ko‘ra, tasvirda aks etgan holat Namangan shahri O‘zbekiston ko‘chasidagi xonadonda yashovchi 34 yoshli Sherzod Umarov bilan bog‘liq bo‘lib, u joriy yilning 1 aprel kuni soat 23:30larda Namangan shahrining Bobur bog‘idan voyaga yetmagan qizni uyiga olib borib qo‘yishini aytib, aldab, noma’lum manzildagi xonadonga olib borib, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkan.
Sh.Umarovning jinoyatga oid harakatlari Bobur bog‘i va atrof ko‘chalardagi kuzatuv kameralarida aks etgan. Shuningdek, hozirda jabrlanuvchining kiyimlari, badanidagi tan jarohatlari va zo‘rlik alomatlari yuzasidan tegishli sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar