G‘oz va burgutning "mushtlashuvi"ni Kanada va AQSh munosabatlariga qiyoslashdi

G‘oz va burgutning "mushtlashuvi"ni Kanada va AQSh munosabatlariga qiyoslashdi
G‘oz va burgutning "mushtlashuvi"ni Kanada va AQSh munosabatlariga qiyoslashdi

Kanadalik g‘oz va oq boshli burgutning "mushtlashuvi"ni Kanada va AQSh munosabatlari bilan qiyoslashdi, deyiladi "Kun" nashrida. Ikki qushning nizosini suratkash va sayyoh Liza Bell kuzatib turgan. U qushlar jangini suratga olib, uni Facebook'ga qo‘ydi.

Global News'ning xabar berishicha, avval Bell g‘ozga o‘tirib olgan oq boshli burgutni ko‘rgan. G‘oz jonsizdek tuyulgan, Bell qush o‘zini o‘lganga solganini taxmin qildi.

Burgut o‘z o‘ljasiga mahkam yopishib oldi, ammo g‘oz undan qutulib chiqib, hovuzning o‘rtasiga suzib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Yirtqich qush hovuz yaqinidagi daraxt shoxida 20 daqiqacha uni kuzatib turdi.

"Bu juda ajoyib bo‘ldi", - qo‘shimcha qildi Bell.

"Kanada provinsiyalaridan birida sodir bo‘lgan voqea ramziy ma’noga ega", deb yozadi burgut va g‘ozning to‘qnashuvini AQSh va Kanada munosabatlariga qiyoslagan BuzzFeed.
G‘oz va burgutning "mushtlashuvi"ni Kanada va AQSh munosabatlariga qiyoslashdi

G‘oz va burgutning "mushtlashuvi"ni Kanada va AQSh munosabatlariga qiyoslashdi

G‘oz va burgutning "mushtlashuvi"ni Kanada va AQSh munosabatlariga qiyoslashdi
G‘oz va burgutning "mushtlashuvi"ni Kanada va AQSh munosabatlariga qiyoslashdi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar