date
views 162

Andijonda yarim kiloga yaqin gashishni qorniga bog‘lab o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijonda yarim kiloga yaqin gashishni qorniga bog‘lab o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

“Do‘stlik” chegara-bojxona postidan gashish giyohvandlik moddasini olib o‘tishga uringan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara-bojxona postidan o‘tayotgan fuqaroning xatti-harakati shubhali ko‘ringan va u mutaxassislar tomonidan alohida ko‘rikka jalb etilgan. Ko‘rik davomida u 491 gramm gashish giyohvandlik moddasini qorin qismiga bog‘lab olib o‘tishga uringani fosh bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi inspektori Sardor O‘rinboyevga ko‘ra, 2023 yilning o‘tgan davri mobaynida 16 ta holatda jami 4 kilogramm 760 grammni tashkil qiluvchi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda yarim kiloga yaqin gashishni qorniga bog‘lab o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi