date
views 1 449

O‘zbekistonda havo keskin soviydi. Meva va sabzavotlarni yana sovuq uradimi?

O‘zbekistonda havo keskin soviydi. Meva va sabzavotlarni yana sovuq uradimi?

Nosirjon Kayumov
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 15–17 aprel kunlari O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda harorat nol darajagacha pasayishi mumkin. O‘zAning yozishicha, hozirgi mavsum uchun tunda havo haroratining nol darajaga pasayishi, tuproq sirtida ham haroratni sezilarli darajada pasaytirishiga olib keladi. Bu qishloq xo‘jaligi uchun “sovuq urish” (zamorozok) hodisasini keltirib chiqarishi mumkin. Xo‘sh, bunday haroratda meva va sabzavotlarni sovuq urishidan saqlab qolsa bo‘ladimi?

Nosirjon Kayumovning ta’kidlashicha, g‘alla va sabzavotlarni sug‘orish orqali sovuq urishidan saqlab qolish mumkin.

Shunday qilinsa, ularga sovuq ko‘p ham zarar keltirmaydi. Chunki suv yer taftini ushlaydi. Kartoshka tuganak bo‘ladi. Yer ostidaligi uchun tanasi va poyasiga sovuq ta’sir qilishi mumkinku, lekin u yana yangilanib oladi. Piyoz ham huddi shunday. Lekin qulupnaylar ta’sirchan bo‘ladi. Ularga ko‘p suv quyib bo‘lmaydi, faqat tutatish kerak”, — deya tajribasi bilan o‘rtoqlashdi dehqon.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda havo keskin soviydi. Meva va sabzavotlarni yana sovuq uradimi?