12:24 / 17.04.2023
368

Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida ikki amaldor qo‘lga tushdi

Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida ikki amaldor qo‘lga tushdi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahridagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i fuqaroga noqonuniy ravishda harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berish evaziga o‘z xizmat avtomashinasida undan 600 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
 
Boshqa bir holatda esa Sirdaryo viloyatidagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlaridan birining direktori yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbaridan uning o‘quv markazida tahsil olayotganlarning darslarga qatnashish holatini monitoring qilmaslik va MCHJ faoliyati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga 300 AQSH dollari talab qilib, muqaddam 2 mln. so‘m olgan. DXX xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 1,4 mln. so‘mni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.
 
Hozirda mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamog‘ga olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat