TDIU bitiruvchilari universitet bilan xayrlashuv oldidan fleshmob tayyorlashdi

Kecha, 10 iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bitiruvchi talabalarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda turli kompaniya va tashkilotlar vakillari, faxriy mehmonlar, bitiruvchi yoshlarning oila a’zolari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Ayni vaqtda ta’lim dargohida Iqtisodiyot, Menejment, Bank ishi, Buxgalteriya hisobi va audit, Iqtisodiyotda axborot tizimlari, Xalqaro turizm fakultetlari hamda Magistratura bo‘limida iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlab kelinmoqda. Joriy o‘quv yilida universitetni bakalavriatning 20 ta ta’lim yo‘nalishini 1473 nafar va magistratura bosqichida 20 ta mutaxassislik bo‘yicha 337 nafar talaba-yoshlar tamomlab, katta hayotga yo‘l oldilar.

Universitet bitiruvchilari uchun bu yil qo‘shaloq bayram. Ular O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi bayrami arafasida oliy ta’lim darogohi bilan xayrlashib, katta rajalar bilan odimlamoqdalar. Bitiruvchilar universitut ostosi bilan xayrlashish chog‘ida mustaqillikning 25 yilligiga atab fleshmob tayyorlashdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing