16:14 / 26.04.2023
207

Chernogoriyada O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilindi

Chernogoriyada O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilindi
Foto: Madaniyat va turizm vazirligi
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Chernogoriya davlatlari turizm tadbirkorlarining ikki tomonlama ochiq muloqoti tashkil etildi, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi.
 
Tadbirda qayd etilishicha, 2022 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 5,2 million nafarga yetib, turistik xizmatlar eksporti 1,6 milliard dollardan oshgan. 2023 yilda ham Yevropadan O‘zbekistonga kirib keluvchi sayyohlar soni keskin ortishi kutilmoqda.
 
Chernogoriya davlatida yurtimizning tarixiy maskanlari, boy madaniy merosi va go‘zal tabiati bilan yaqindan tanishish maqsadida bo‘lganlar soni ortib borayotganligini qadrlaymiz va ularni mamlakatimizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz", – deydi Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov.
 
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilning iyun oyidan boshlab O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ikki mamlakat turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat va muhim qulayliklar yaratadi.
 
Shuningdek, 2023 yilning iyun oyidan boshlab, Chernogoriyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi. Endi Chernogoriyaga borishda O‘zbekiston fuqarolaridan viza talab etilmaydi.
 
Yanvar oyida Henley & Partners xalqaro konsalting kompaniyasi Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi ma’lumotlariga tayangan holda pasportlarning global reytingini yangilagandi. 2023 yilda esa O‘zbekiston 85-o‘rinda qayd etilgan. Mart oyida esa Uzbekistan Airports O‘zbekiston fuqarolari vizasiz borishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qilgandi. O‘zbekiston fuqarolari Ozarbayjonda 90 kungacha, Armanistonda 180 kungacha, Gruziyada esa qariyb 1 yilgacha vizasiz yura oladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat