Shavkat Mirziyoyev muftiy Nuriddin Xoliqnazarovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev muftiy Nuriddin Xoliqnazarovni qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovni qabul qildi.

Rasmiy relizga ko‘ra, muloqotda diniy-ma’rifiy yo‘nalishlarda, buyuk ajdodlar ilmiy merosini o‘rganish va xalqimizga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilingan.

Bugungi tahlikali dunyoda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga islom mohiyatini to‘g‘ri tushuntirib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, diniy ta’lim sifatini yanada oshirish, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganib, yurtimizdagi diniy ta’lim muassasalari faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Shavkat Mirziyoyev muftiy Nuriddin Xoliqnazarovni qabul qildi

Qayd etilishicha, Ramazon oyi davomida barcha imom-xatiblar ishtirokida mahallalardagi 1 milliondan ziyod kam ta’minlangan aholining uyida iftorliklar uyushtirilgan. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hisobidan yordamga muhtoj fuqarolarga 2 milliard 446 million so‘mlik xayr-u ehsonlar qilingan.

Shavkat Mirziyoyev muftiy Nuriddin Xoliqnazarovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev muftiy Nuriddin Xoliqnazarovni qabul qildi

Bu yilgi Ramazon oyidagi yana bir muhim yangilik 1 400 nafar kam ta’minlangan fuqarolarning davlat tomonidan umra ziyoratiga yuborilishi bo‘ldi. Ular muqaddas manzillarda turib, xalqimizga tinchlik, fayzu baraka tilab xayrli duolar qildilar.

Prezident jamiyatda diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi”, – deyiladi rasmiy axborotda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar