10:37 / 01.05.2023
83

Misr hukumati O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalarini yubordi

Misr hukumati O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalarini yubordi
Foto: “Dunyo” agentligi
Misr hukumati tomonidan O‘zbekiston shifoxonalarida foydalanish uchun insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan, dunyoda keng tarqalgan kasalliklardan biri – gepatit C ga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining dastlabki partiyasi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi tomonidan ishlab chiqilgan yukning mamlakatga olib kelinishi O‘zbekiston va Misr o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada jadallashtirish, virusologiyada o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish doirasida avval erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasi hisoblanadi.
 
Umumiy qiymati 35 ming dollarni tashkil etgan 17 ming qutidan ortiq “Daklatasvir” dori vositasi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlar uchun ishlatiladi.
 
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Misr sog‘liqni saqlash idoralari 2023—2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) gepatit C ga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini mamlakatga bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
 
Aprel boshlarida O‘zbekistonda 1 million aholi virusli gepatitning  B va C turlariga qarshi skriningdan o‘tkazilishi ma’lum qilingandi. Mazkur tekshiruvlarda virusli gepatit C kasalligi tasdiqlangan 10,5 ming nafar bemorlarda davolash tadbirlari amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Misr hukumati O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalarini yubordi