20:58 / 03.05.2023
734

“O‘zi bilan o‘zi gaplashadigan bo‘lib qoldi”. Saida Rametova turmush o‘rtog‘i Jumadulla Rametov haqida (video)

“O‘zi bilan o‘zi gaplashadigan bo‘lib qoldi”. Saida Rametova turmush o‘rtog‘i Jumadulla Rametov haqida (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova “Shok.uz” YouTube kanaliga bergan intervyusida Alsgeymer kasalligiga chalingan turmush o‘rtog‘i Jumadulla Rametovning kasalxonada ekanligi haqida gapirib berdi.
Turmush o‘rtog‘im 10 kun uyda bo‘ldi, sal mazasi bo‘lmaganidan keyin kasalxonaga yotqizdik. Ular Alsgeymer kasalligiga chalingan, ahvoli bir yaxshi bo‘lib, keyin asabiylasha boshlaydi. O‘zi bilan o‘zi gaplashadigan bo‘lib qoldi. Asabiylashganlaridan keyin shifokorlar bilan maslahatlashdik. Shifokorlar bu kasallikka chalingan bemorlarning atrofida ko‘p inson bo‘lmasligi kerakligini, aks holda ular asabiylashishini aytdi. Jim o‘tirgan edilar, keyin shifokorga borishga majbur bo‘ldik. Shifoxonada uch-to‘rt kun bo‘ladi, — deydi aktrisa.
 
Avvalroq Saida Rametova turmush o‘rtog‘ining karantin vaqtida ushbu kasallikka chalingani, ahvoli og‘irlashib qolgani haqida so‘zlab bergan edi.
 
Karantin avjiga chiqqan paytida Jumadulla aka bu kasallikka chalinganini bildik. Ammo men u paytda Turkiyada “Mendirman Jaloliddin” serialining syomkasida edim. O‘g‘illarim dadasini darrov kasalxonaga olib borgan. Ammo u paytda bemorlarning ko‘pligidan kasalxonalarda bo‘sh joy yo‘q ekan. Aziz o‘g‘lim kunda qo‘ng‘iroq qilib, “Nima qilamiz, ahvollari og‘ir”, dedi.
 
Uzoqda bo‘lganim uchun qo‘limdan hech narsa kelmadi. Undan keyin o‘zimga ham saraton xastaligi tashxisini qo‘yishdi. Ketma-ket kelgan dard oilamizni shoshirib qo‘ydi.
 
“Men teatrga ishga bormayapman, oyligimni olib tashlashsin, yoshlarga berishsin”, deydi. Shuncha yil ishladingiz, ozgina siylashsa nima qilibdi, desam ham unamayapti. Men to‘y xizmatlari yoki syomkalar sabab teatrga borolmagan kunlarim bo‘lgan. Ammo Jumadulla Rametov biror marta teatrga xiyonat qilmagan inson.
 
Men kasallikka taslim bo‘lganim yo‘q, nasib qilsa turmush o‘rtog‘im ham bu dardni yengib o‘tadi. Buning uchun oilamiz bilan kurashyapmiz, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zi bilan o‘zi gaplashadigan bo‘lib qoldi”. Saida Rametova turmush o‘rtog‘i Jumadulla Rametov haqida (video)