“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 9 may kuni mushakbozlik tashkil etiladi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 9 may kuni mushakbozlik tashkil etiladi
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 9 may kuni mushakbozlik tashkil etiladi
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da mushakbozlik uyushtiriladi.
 
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, mushakbozlik 9 may kuni soat 21:00 da tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
 
8 may kuni poytaxtdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat madhiyasi” monumentiga hamda 9 may kuni Xotira maydonida joylashgan “Motamsaro ona” monumentiga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimlari o‘tkaziladi.
 
2022 yil 9 mayda ham Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan mushakbozlik “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil etilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar