22:15 / 08.05.2023
193

Farzandlarning ta’limiga yo‘naltirilgan to‘lovlar soliqdan ozod qilinadi

Farzandlarning ta’limiga yo‘naltirilgan to‘lovlar soliqdan ozod qilinadi
2023 yil 1 avgustdan boshlab, soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar farzandlarining O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.
 
Bu – yangi tahrirdagi konstitutsiyani ro‘yobga chiqarishga doir prezident farmonida belgilandi.
 
Shuningdek, hujjatga binoan, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab, O‘zbekiston fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar madaniy meros obyektlariga, jumladan ko‘rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirishi mumkin bo‘ladi.
 
Oliy Majlis palatalariga bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, bolaning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘liq rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qisqa muddatda qabul qilish tavsiya etildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat