Farzandlarning moddiy ta’minoti masalasi hal etildi

Farzandlarning moddiy ta’minoti masalasi hal etildi
Qisqacha

Byuroning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan qarzdor M. Yuldashevdan undiruvchi S. Yuldasheva foydasiga 5 000 AQSH dollari miqdorida aliment mablag‘lari undirib berildi. Mazkur ijro hujjati Zangiota tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan amalga oshirildi. Davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda bir qator samarali ijro choralari bajarildi. Olib borilgan bu ishlar natijasida voyaga yetmagan farzandlarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilindi.

Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minotini ta’minlash Byuro organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Jumladan, Byuroning Toshkent tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor M. Yuldashevdan undiruvchi S. Yuldasheva foydasiga 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda bir qator ijro harakatlari amalga oshirildi. Olib borilgan samarali ijro choralari natijasida qarzdordan undiruvchi S. Yuldasheva foydasiga jami 5 000 AQSH dollari miqdorida aliment mablag‘lari undirilib berilishi ta’minlandi.

Mazkur ijro harakatlari natijasida voyaga yetmagan farzandlarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinib, sud hujjatining ijrosi amalda ta’minlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar