06:38 / 09.05.2023
208

O‘zbekiston sud-huquq tizimi xodimlari maxsus dastur asosida o‘qitiladi

O‘zbekiston sud-huquq tizimi xodimlari maxsus dastur asosida o‘qitiladi
Prezident tomonidan imzolangan farmonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini o‘qitish masalasi ko‘zda tutilmoqda.
 
Xususan, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi va Sudyalar oliy kengashiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2023–2024 yillarda yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini o‘qitish rejasini tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
 
Bundan tashqari, alohida grafik asosida barcha bo‘g‘indagi davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini o‘qitishni tashkil etish, davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarining konstitutsiyaviy madaniyati, huquqiy savodxonligini oshirish va baholash tizimini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga moslashtirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat