17:32 / 15.05.2023
232

Prezident yig‘ilishi: har yili 200 ming bo‘sh ish o‘rni paydo bo‘lmoqda

Prezident yig‘ilishi: har yili 200 ming bo‘sh ish o‘rni paydo bo‘lmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Har yili 100 mingta zamonaviy korxona ishga tushmoqda. Ularga 300-400 ming malakali mutaxassis kerak. Shuningdek, xususiy sektorda yiliga 200 mingta bo‘sh ish o‘rni paydo bo‘lmoqda.

Lekin kasb-hunar maktablari, kollej, texnikum va monomarkazlarda buncha malakali mutaxassisni tayyorlashga salohiyati hali yetarli emas.

Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni 285 mingdan 590 mingtaga ko‘paydi. Bu bitta tumanda 2,5 mingdan ortiq yoki bir mahallada 50 nafardan tadbirkorlar sinfi shakllandi degani.

Prezident joylarda tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik qilinib, ular qo‘llab-quvvatlansa, tumanda, mahallada bandlik masalasini hal qilish uchun imkoniyatlar yanada ko‘payishini ta’kidladi.

Har yili kasb-hunarga o‘qitishga 200 milliard so‘m ajratilayotgani, ammo bu mablag‘lar tadbirkorlik sub’yektlarining mutaxassislarga ehtiyoji bilan bog‘lanmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Xuddi shunday, tadbirkor ham yiliga katta xarajat qilib, o‘zi uchun minglab mutaxassis tayyorlashga majbur. Lekin bunda davlat qo‘llab-quvvatlovi kerak.

Prezident aholi bandligini ta’minlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratish va moliyaviy rag‘batlar taqdim etish zarurligini qayd etdi.

Shu maqsadda 1 iyundan boshlab «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dasturi amalga oshiriladi.

Dasturga 2023-2024 yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi.

Bu mablag‘lar hisobidan:

- kambag‘al oilalar a’zosini kasbga o‘qitib, ishli qilish bo‘yicha loyiha ahamiyatiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi;

- tadbirkorning «amaliy monomarkaz» tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga o‘qitish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat