10:11 / 16.05.2023
370

Tadbirkordan 1,3 ming dollar pora olgan Jizzax viloyati prokuraturasi xodimi ushlandi

Tadbirkordan 1,3 ming dollar pora olgan Jizzax viloyati prokuraturasi xodimi ushlandi
Kadr: YouTube
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hokimiyat va davlat boshqaruvi tizimida korrupsiyaga bilan bog‘liq holatga chek qo‘yish maqsadida Jizzax viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
 
Xususan, Jizzax shahrida yashovchi tadbirkor chorvachilik bilan shug‘ullanish maqsadida 2020 yilda bankdan 200 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olgan va ushbu mablag‘ hisobidan qoramol sotib olib, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
 
Biroq 2023 yilning fevral oyida kredit bergan bank tadbirkor tomonidan kredit mablag‘i maqsadsiz sarflangan degan xulosa bilan viloyat prokuraturasiga chora ko‘rish uchun murojaat qilgan. O‘z navbatida o‘rganib chiqish va qonuniy qaror qabul qilish uchun mazkur murojaat Jizzax shahar prokuraturasiga yuborilib, uning nazorati viloyat prokuraturasi bo‘lim prokuroriga yuklatilgan.
 
Murojaatni o‘rganib chiqqan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan. Lekin viloyat prokuraturasining bo‘lim prokurori go‘yoki uning o‘zi tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etganini iddao qilib, xizmati evaziga undan 1,3 ming dollar olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat