20:42 / 19.05.2023
134

Toshkent viloyatida 8 ming dollar pora olgan «Hududgaz Toshkent» yetakchi muhandisi ushlandi

Toshkent viloyatida 8 ming dollar pora olgan «Hududgaz Toshkent» yetakchi muhandisi ushlandi
Foto: DXX
“Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filialining “O‘rtachirchiqtumangaz” bo‘limi yetakchi muhandisi va uning sherigi pora bilan qo‘lga tushdi.
 
Xabarga ko‘ra, holat Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
 
“Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filialining “O‘rtachirchiqtumangaz” bo‘limi yetakchi muhandisi M.O. mahalliy MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida belgilangan me’yordan ortiq kompressor jihozlari o‘rnatilgani uchun jarima rasmiylashtirmaslik evaziga 8 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
 
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pulni “Hududgaz Toshkent” gaz taminoti filialining yetakchi muhandisi B.M. ko‘rsatmasiga asosan olganligi aniqlanib, ushbu shaxs ham ushlandi.
 
Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamog‘ga olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida 8 ming dollar pora olgan «Hududgaz Toshkent» yetakchi muhandisi ushlandi