
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkent shahar Yunusobod tumanida binolar devoriga narkograffitilarni chizish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yunusobod tumani IIO FMBga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash hamda sotish holatlariga chek qo‘yish, shuningdek, ularni turli xil saytlar orqali reklama qilayotgan shaxslarni aniqlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.
Tadbirlar davomida “Hasanboy” mahallasining profilaktika inspektori Tiklanish ko‘chasida joylashgan binoning devoriga giyohvandlik vositalarini sotuvchi do‘konlarni targ‘ib qiluvchi narkograffitilarni chizayotgan noma’lum shaxsni aniqlab, qo‘lga olgan. Aniqlanishicha, narkograffist 25 yoshli Axtam R. bo‘lib chiqqan. Undan xolislar ishtirokida trafaret va bo‘yoq qutisi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.
ToshkentYunusobodNarkograffitiGiyohvandlik VositalariProfilaktik TadbirlarHasanboy Mahallasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar