
Byuro rahbariyati tomonidan xodimlarning maroqli dam olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini tashkil etishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Jumladan, Majburiy ijro byurosining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarni rag‘batlantirish va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida dam olish kunlari turli maskanlarga tashriflar tashkil etib borilmoqda.
Bu safar xodimlarning maroqli dam olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini tashkil etishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. xizmat qilayotgan barcha xotin qizlar, samarali mehnat qilayotgan hamda faxriy xodimlar, qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayohat amalga oshirildi.
Sayohatchilar dastavval Payariq tumanida joylashgan, buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy abadiy qo‘nim topgan qadamjoni ziyorat qilishdi. Ushbu qutlug‘ maskandagi muzeyni tomosha qilish chog‘ida safar ishtirokchilari vatandoshimizning islom olamida tutgan mavqei naqadar yuqori bo‘lgani, u kishi bilan har qancha faxr tuysak, kam ekaniga amin bo‘lishdi. Shundan so‘ng jamoa Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va jamoat arbobi Islom Karimov maqbarasini borib ko‘rishdi.
Shundan so‘ng, “Go‘ri Amir” maqbarasi, Registon maydoni, Shohi-zinda va Bibixonim madrasalari kabi obidalar keyingi manzil bo‘ldi. Sayohat guruhi shaharning boshqa diqqatga sazovor joylari, hududda amalga oshirilgan o‘zgarishlar bilan ham yaqindan tanishishdi.
Jamoa va faxriylar mazkur sayohatdan olam-olam taassurotlar bilan qaytdilar. Safar davomida shakllangan a’lo kayfiyat ishchi-xizmatchilarning mehnat unumi oshishiga, jamoa yutuqlari ko‘payishiga xizmat qilishi shubhasiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing