19:30 / 26.05.2023
119

Qashqadaryoda qo‘lbola yasalgan qurolni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda qo‘lbola yasalgan qurolni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Kadr: Telegram
Qashqadaryo viloyati IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy qurol savdosi bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Vaziyat 24” dasturida ma’lum qilindi.
 
Qayd etilishicha, 25 aprel kuni Qamashi tumanida yashovchi 32 yashar fuqaro qo‘lbola usulda yasagan qurol yashirib qo‘yilgan joyni xaridorga aytgan. Tezkor guruh tomonidan aytilgan manzil ko‘zdan kechirilgach, u yerdan qo‘lbola usulda yasalgan 16 kalibrli o‘qotar qurol va 4 dona patron topilgan.
 
Qurolni yasagan shaxs kelishilgan 19 million so‘m hamda 100 dollar pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
 
Oddiy trubalar, tunuka-prujinadan yasadim shu narsani. 'Otib ko‘rsatmasang bo‘lmaydi', deyishdi. Ishlaydi deganimda, 'Otib ko‘rsataver, sendan nima ketdi', dedi. Xo‘p, deb otib ko‘rsatdim. Xaridor 2 ming dollar beraman degandi. Telefon qilib, pulni chiqarib yuborgani, odami Qamashini bilmasligini, pulni olib qolishimni aytdi”, — deydi gumonlanuvchi.
 
Mazkur holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ayni paytda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 32 yashar erkak ehtiyot chorasi sifatida qamog‘ga olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda qo‘lbola yasalgan qurolni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
ePN