13:46 / 27.05.2023
116

Buxoroda ijtimoiy nafaqa tayinlab berish uchun pul talab qilgan ayol ushlandi

Buxoroda ijtimoiy nafaqa tayinlab berish uchun pul talab qilgan ayol ushlandi
Buxoro shahrida ijtimoiy nafaqa tayinlatib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
 
Afrosiyob ko‘chasida yashovchi S.Q. ismli ayol boshqa bir fuqaroni aldab, uning ishonchiga kirib, go‘yoki o‘zining vakolatli tanishlari orqali nabirasiga ijtimoiy nafaqa tayinlanishda yordam berish evaziga 800 ming so‘m talab qilgan.
 
Qayd etilishicha, 19 may kuni taxminan soat 08:30 larda Buxoro viloyati IIB TQX JQB xodimlarining boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida ushbu ayol Vobkent ko‘chasida joylashagan 23-sonli maktab internati oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda ijtimoiy nafaqa tayinlab berish uchun pul talab qilgan ayol ushlandi
ePN