
Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi poytaxtdagi bog‘chalarning birida bolalar oyog‘iga igna sanchilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yangihayot tumani 122-bog‘chada bolalarni uxlamagani uchun oyoqlariga igna tiqishayotgani aytilayotgan video xabar tarqaldi.
Aniqlanishicha, pedagogika kolleji o‘quvchisi R.M. amaliyotini o‘tash uchun Yangihayot tumani “Oriyat” MFYda joylashgan 122-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 11 may kunidan 4-sonli kichik guruhga qabul qilingan.
26 may kuni shu guruh tarbiyalanuvchilarining ikki-uch nafariga uxlamagani sababli igna tiqib olingani ma’lum bo‘lgan. Hozirda talaba R.M. amaliyotdan chetlatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tuman IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Sizning farzandingiz ta’lim-tarbiya olayotgan muassasada yuqoridagi kabi noxush va boshqa noqonuniy holatlar qayd etilayotganiga duch kelsangiz Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishonch telefoni — 71 237 08 93 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz so‘raladi”, — deyiladi boshqarma xabarida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar