18:16 / 30.05.2023
148

Prezident: Milliy armiya 2030 yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlanadi

Prezident: Milliy armiya 2030 yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlanadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari faqat va faqat xalq va davlat milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda olib boriladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
 
“Vatanimizning mustaqilligi va xavfsizligi, hududiy yaxlitligini so‘zsiz ta’minlash – bizning birlamchi va muqaddas burchimizdir. O‘zbekistonning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi tashabbuslari xalqaro maydonda faol ilgari suriladi.
 
Eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantiramiz. Markaziy Osiyoda turli yo‘nalishlar, ayniqsa, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi amaliy hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqiladi.
 
Shuningdek, xorijdagi vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlab, ularning yurtimiz taraqqiyotida faol ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beramiz. Ular orasida ona tili, milliy madaniyat va an’analarni targ‘ib etish bo‘yicha tizimli choralar ko‘riladi”, dedi u.
 
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda jahondagi kuch markazlari o‘rtasida qarama-qarshilik tobora avj olib, global siyosatning harbiylashuvi asosiy tendensiyaga aylanmoqda.
 
“Afg‘onistonda beqarorlik saqlanib qolayotgani barchamizni jiddiy tashvishga solmasdan qo‘ymaydi. Bunday murakkab jarayonlarda bizning bosh maqsadimiz – O‘zbekistonning davlat mustaqilligi, uning sarhadlari daxlsizligi va hududiy yaxlitligini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ladi.
 
Bu borada Qurolli Kuchlarimizning qudrati, mudofaa qobiliyatimiz va harbiy salohiyatimizni yanada oshirish maqsadida, milliy armiyamiz 2030 yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlanadi. Qo‘shinlarning jangovar ruhi va salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarni tayyorlash, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida boshlagan ishlarimizni jadallashtiramiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
 
Ma’lum qilinishicha, harbiy-jangovar qudrat va yuksak ma’naviy salohiyat O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylanishi zarur.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: Milliy armiya 2030 yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlanadi
ePN