
Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
Toshkentda ko‘p qavatli uy birinchi qavatlarini o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilish amalga oshirganlarga Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan tegishli tartibda ma’muriy choralar ko‘rilmoqda.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, o‘zgartirilgan joylar mulkdor tomonidan avvalgi holatiga qaytarilmoqda.

Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumani Markaz-1 hududida joylashgan 28-uyning 2, 3, 22 va 30-xonadonlari hamda 31-uyning 2, 9 va 10-xonadonlari, shuningdek, 27-uyning 14, 30, 31 va 21-xonadon mulkdorlariga nisbatan jami 80 million so‘mga teng ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 1 iyun kuni huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy ish tizimida chora ko‘rilishi belgilandi.

Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
Tuman hokimligi matbuot xizmatining qayd etishicha, Markaz-1 hududida Vazirlar Mahkamasining 485-sonli qaroriga zid ravishda tadbirkorlik subyektlari tomonidan noqonuniy, qo‘shimcha qurilmalar qurib olingan. Tadbirkorlar bu pandemiya sharoitida ularga berilgan yengillik va qulaylik ekanligini ta’kidlab, hududni tartibga keltirishga qarshilik qilgan.

“Ammo har qanday faoliyat qonun doirasida olib borilishi shart ekani va o‘rganishlar bunday holatlar to‘liq bartaraf etilishini ma’lum qilamiz. Shuningdek, hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning roziligi ham tadbirkorlik subyektlarining noqonuniy qurilishlari buzilishining oldini olmasligini bildiramiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Hokimlik, shuningdek, o‘z faoliyatini qonun doirasida olib borayotgan barcha tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanishini bildirib, o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha qurilmalar qilib faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarini tartibga chaqirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar