23:19 / 30.05.2023
399

Ozodbek Nazarbekov “Koba san’at majmuasi” MCHJning ta’sischisi ekani tasdiqlandi

Ozodbek Nazarbekov “Koba san’at majmuasi” MCHJning ta’sischisi ekani tasdiqlandi
Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov “Koba san’at majmuasi” MCHJning ta’sischisi ekani tasdiqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berdi.
 
Unga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mazkur holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish mobaynida haqiqatan ham Ozodbek Nazarbekovning 2016 yil 16 martda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Koba san’at majmuasi” MCHJda 100 foizlik ulush bilan ta’sischi ekanligi aniqlandi.
 
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14-oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”da davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtda tadbirkorlik yoki haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan (pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari) shug‘ullanmasligi belgilangan.
 
Shu va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya qilgan holda yuqoridagi holat bartaraf etilib, “Koba san’at majmuasi” MCHJ ta’sischisi o‘zgartirildi.
 
Shuningdek,  30 may kuni Madaniyat va turizm vazirligiga kelgusida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonunosti hujjatlariga qat’iy rioya qilinishini hamda vazirlik faoliyatida ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik hamda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsiplariga rioya qilinishini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ozodbek Nazarbekov “Koba san’at majmuasi” MCHJning ta’sischisi ekani tasdiqlandi
ePN