
Kadr: Telegram
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 31 may kuni soat 05:11 da Sho‘rchi tumani “Bobotog‘” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ikki qavatli aralash mollar savdo do‘konining 2-qavati 85 kvadrat metr maydonida yong‘in sodir bo‘lgan va binoning shift qismi yongan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 05:14 da yetib borib, yong‘in soat 05:19 da qurshab olingan va soat 06:40 da batamom o‘chirilgan.
[media=https://twitter.com/ShuhratRazzakov/status/1663775342459330562?s=20]
Yong‘in qutqaruvchilarining sa’y-harakatlari natijasida binoning 1-qavati hamda 200 kvadrat metr joyi saqlab qolingan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar organlari mas’ullari va boshqa mutasaddilar yetib borgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Favqulodda VaziyatlarSurxondaryo ViloyatiSho‘rchi TumaniYong‘in SodirIkki QavatliSavdo Do‘koni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar