16:08 / 02.06.2023
189

Chilonzordagi chorrahada «prank» uyushtirgan tiktokchilar qamaldi

Chilonzordagi chorrahada «prank» uyushtirgan tiktokchilar qamaldi
Chilonzor metro bekati oldidagi chorrahada yuz bergan holat  ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
 
Bugun, 2 iyun kuni ochiq sud majlisida M. T. (2000 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) va D. P. (2004 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan) ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.
 
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2023 yil 2 iyundagi qaroriga ko‘ra M. T. va D. P. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ushbu kodeksning 32-moddasi (ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar) 4-qismi tartibida ularning har biriga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
 
Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma’lum qilinadi, deyiladi rasmiy xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzordagi chorrahada «prank» uyushtirgan tiktokchilar qamaldi
ePN