12:38 / 03.06.2023
87

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning taklifiga binoan 3 iyun kuni Anqara shahrida Turkiya prezidentining lavozimga kirishishi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
 
Tashkilotchilar qayd etishicha, inauguratsiya marosimida dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari, rasmiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
 
Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yangi muddatga qayta saylandi. Erdo‘g‘on 28 may kuni Istanbulda tarafdorlari oldida nutq so‘zlab, o‘zining g‘alabasini e’lon qildi. Qilichdaro‘g‘li, saylov natijalariga bag‘ishlangan nutqida, ovoz berish so‘nggi yillardagi eng adolatsiz tarzda o‘tkazilganini aytdi, ammo mag‘lubiyatini bevosita tan olmadi.
 
Bir qator davlatlar yetakchilari Erdo‘g‘onni qayta saylangani munosabati bilan tabriklashdi. Ular orasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Qatar amiri Tamim Ben Hamad Al Tani va boshqalar bor.
 
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2014 yildan buyon Turkiya prezidenti bo‘lib kelmoqda. Bungacha u 2003 yildan buyon mamlakat bosh vaziri bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi
ePN