00:04 / 06.06.2023
175

Qatar amiri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand meʼmoriy obidalarini ko‘zdan kechirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al-Soniy Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahrining meʼmoriy obidalarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma‘lum qilinishicha, davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini borib ko‘rdi. Tanishuv chog‘ida temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik yuksak darajada rivojlangani, bu mamlakatdagi Ikkinchi renessansga asos bo‘lgani yodga olindi. Bugun O‘zbekistonda islom sivilizatsiyasi, allomalar merosini o‘rganish bo‘yicha markazlar tashkil etilgani taʼkidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Keyingi manzil “Afrosiyob” muzeyi bo‘ldi. Bu yerdagi eksponat va devoriy suratlar Samarqand shahrining uch ming yillik tarixidan hikoya qiladi. Shunday suratlardan birida Afrosiyob hukmdorining elchilarni qabul qilish marosimi aks etgan. Bu ajdodlar diplomatiyaga katta eʼtibor bergani, Sharq o‘lkalari bilan azaldan hamkorlik yaxshi bo‘lganini ko‘rsatadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oliy martabali mehmonga madrasalarning qurilish tarixi, naqsh va ramzlarning mazmuni, maydonda amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari haqida so‘zlab berildi. Qatar Amiri madrasalarni katta qiziqish bilan tomosha qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

So‘ng davlat rahbarlari Samarqandning Xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyurdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qatar amiri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand meʼmoriy obidalarini ko‘zdan kechirdi
ePN