Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan mamlakatda boʻlib turibdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 6 iyun kuni Samarqand shahrida Qatar rahbarini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi.
Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston prezidenti oliy martabali mehmonni kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiya a'zolarini qutladi. Shundan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar