1902 yilgi oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

1902 yilgi oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
1902 yilgi oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Toshkentda 1902 yilda ishlab chiqarilgan oltin tangani sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan DXX va Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
 
Unda, fuqaro A.T. va boshqalar 1902 yilda ishlab chiqarilgan og‘irligi 32,22 gram bo‘lgan 1 dona “Nikolay-2” oltin tangasini 100 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
 
Madaniy meros agentligining xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin tanganing bugungi kundagi bahosi 1 mlrd so‘mni tashkil etgan.
 
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar