
Poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga («Chorvoq» erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, avtobuslar «Mashinasozlar metro bekati – Chorvoq» yo‘nalishida har kuni uchta grafik asosida harakatlanadi. Qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.
Avtobuslar Mashinasozlar metro bekatidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 harakatlanadi.
Qatnovlar «Yutong» korxonasining avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yo‘l kir narxi 15 000 so‘m etib belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar