21:45 / 07.06.2023
140

Tezlikni oshirish fojiaga sabab bo‘lishi mumkin

Tezlikni oshirish fojiaga sabab bo‘lishi mumkin
Akbarjon sekinlashishdan oldin spidometrga qaradi. Tezlik 50 bo‘lgan joyda 73 bilan haydayotgandi va shu to‘rt oy ichida yettinchi bor jarimaga tushishi, ammo ularni to‘lashga shoshilmas edi.
– Shunchalar ham omadsiz bo‘ladimi, odam? – deya mashinasini haydashni davom etdi.
 
Oradan bir muncha vaqt o‘tdi. Ertalab telefoniga kelgan SMS xabaridan uyg‘onib ketdi. SMS xabarda unga Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan qarzdorligi borligi haqida xabar kelgan edi.
 
Bu kabi SMS xabarlar unga 16 marotaba kelishi va jarimalarni to‘lab qo‘yishi haqida ogohlantirilishi edi. Bu safar Akbarjon SMS lardan bezor bo‘lganday achchiqlanib, MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasining tumanlararo bo‘limiga borishga qaror qildi.
 
Boshqarma binosiga kirar ekan, uning qarshisidan bir mahallada yashovchi qo‘shnisi chiqib keldi va u nima sababdan bu yerga kelganini so‘radi. Shunda Akbarjon qo‘shnisi MIBda ishlashligini bilib, xursand holatda qo‘l telefoniga kelgan SMS xabar haqida bildirganda, qo‘shnisi tumanlararo bo‘limida davlat ijrochisi lavozimida ishlashligini, ushbu SMS xabarlar uning ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha kelganligini bildirib, barcha ijro hujjatlari bo‘yicha jarimalar sababi haqida tushuntirish berdi.
 
Shunda Akbarjon qo‘shnisiga barcha jarimalarni yengilroq qilib to‘lashga yordam berishini va bu uchun uni “rag‘batlantirishga” sha’ma qildi.
 
Shunda MIB davlat ijrochisi achiqlandi va buning iloji yo‘qligini bildirib, eng yomoni qo‘shnisi bo‘lishiga qaramay gap bilan ayab o‘tirmasdan barcha jarimalari tezlik oqibatida ekanligini, tez yurishga yurib yana qanaqadir yengillik so‘rayapsizmi, deb jarimalarni to‘lash uchun ijro hujjatlari raqamlarini qog‘oz parchasiga yozib berib, bank tomon yo‘lni ko‘rsatdi.
 
Bu hol jarimadan ham battar bo‘ldi. Akbarjon xayollar og‘ushida zinapoyalardan tushar ekan, qo‘lidagi qog‘oz parchasini ochib o‘qidi va oyoqlari behollikdan o‘ziga bo‘ysunmay qoldi.
 
Qog‘oz parchasida “Aziz do‘stim, mening bittayu bitta qizim bor edi. Olti yoshida tezlik bilan kelayotgan mashina ostida qolib halok bo‘ldi. Falokatdan so‘ng haydovchi jazosiz qolmadi, albatta. uch oy qamalib chiqdi. Turmadan chiqqach, yana oilasi bag‘riga qaytib, bolalarini qucha olgandir, ehtimol. Ammo, men…
 
Men qizimni endi hech qachon bag‘rimga bosa olmayman. Qizimni yana  hidlab, o‘pishim uchun, jannatga borguncha kutishim kerak. Juda ko‘p marotaba u odamni kechirishga harakat qildim. Balki kechirgandirman, lekin hali ham qizimni sog‘inyapman. Iltimos, meni  duo qil va yo‘lda diqqatli bo‘l. Hozir, bitta o‘g‘lim qolgan”.
 
Akbarjon o‘n besh daqiqacha o‘ziga kelolmadi. Keyin sekin-sekin yurib bankga bordi barcha jarimalarni to‘ladi.
Xonadoniga keliboq, oldiga yugurib chiqqan bolalarini mehr bilan bag‘riga bosdi va yuzlaridan o‘pib, boshqa yo‘l harakati qoidalarini buzmaslikka o‘ziga-o‘zi so‘z berdi.
Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyat
boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar 
va huquqiy axborot bo‘yicha V.B.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tezlikni oshirish fojiaga sabab bo‘lishi mumkin
ePN